Ispaniya chempionati — La Liganing 2-turida futbol muxlislari kutganidek «Real Madrid» yana bir marotaba o‘z kuchini namoyish etdi. Madrid klubi safarda «Real Ovedo» mehmoni bo‘lib, muxlislar kutganidek ishonchli va yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvning eng yorqin qahramoni Kilian Mbappe bo‘ldi. U birinchi bo‘limning 37-daqiqasida hisobni ochib, jamoasiga ustunlik olib keldi. Keyinroq, 83-daqiqada yana bir gol urib, dubl qayd etdi va muxlislarning qo‘llab-quvvatloviga munosib javob berdi.
Shu bilan birga, maydonga ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushgan braziliyalik tezkor vinger Vinisius Junior ham o‘zining an’anaviy uslubida jamoaga yordam berdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida (90+3) u ham gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga yetkazdi.
La Liga. 2-tur
«Real Oviyedo» - «Real Madrid» 0:3
Gollar: Mbappe (37, 83), Vinisius (90+3).
Real Oviyedo - Eskandell, Kostas, Kalvo, Luyengo (Xassan, 46), Vidal, Sibo, Dendonker (Kasorla, 90), Alxassane, Ilich (Ejaria, 72), Rondon (Vinas, 72), Chaira (Brekalo, 79).
Real Madrid - Kurtua, Karvaxal (Trent, 87), Ryudiger, Heysen, Karreras, Valverde, Chuameni, Mastantuono (Braһim Dias, 63), Guler (Garsiya, 74), Rodrigo (Vinisius, 63), Mbappe (Sebalos, 87).
Ogohlantirishlar: Ilich (65), Kalvo (72) - Vinisius (80).
Bu g‘alaba orqali «Real Madrid» nafaqat turnir jadvalida yuqori pog‘onalardan joy oldi, balki jamoa ruhiyati va muxlislar kayfiyatini yanada ko‘tardi. Kilian Mbappe va Vinisius kabi yulduzlarning o‘yini jamoaning hujumdagi kuchini yanada oshirayotganini ko‘rsatdi.
Shu tariqa, «Real» o‘zining navbatdagi bahsida ham muxlislarini xursand qildi va La Liganing boshidanoq chempionlikka jiddiy da’vogar sifatida maydonga tushayotganini yana bir bor isbotladi.
"Real Madrid" Mbappening dubli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar