date

"Real" "Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchini qo‘lga kiritish uchun 2026 yilni kutadi

"Real" "Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchini qo‘lga kiritish uchun 2026 yilni kutadi

Ispaniyaning nufuzli «Marca» nashri Madridning mashhur klubi «Real»ning transfer rejalari haqida maxsus maqola e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, ayni paytda «qaymoqranglilar» Rodri («Manchester Siti») va Adam Uorton («Kristal Pelas»)ni olish niyatda emas.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, madridliklarning asosiy diqqat markazida hozirda PSJ safida to‘p surayotgan va «Oltin to‘p–2025» uchun da’vogarlardan biri sanaladigan yarim himoyachi Vitinya turibdi.

Biroq portugaliyalik maestrolar safini tark etib, Madridga bu yozda yo‘l olishi amalda mumkin emas. Chunki uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasidagi muayyan shartlar bunday transferni hozircha istisno etadi.

Shu bois «Real» Vitinyani o‘z tarkibiga qo‘shish rejasini 2026 yilning yoziga qoldirgan. Klub rahbariyati shu vaqtda uning kelishini amalga oshirishga jiddiy urinish qilishi aytilmoqda.

Muttaxassislar fikricha, Vitinya madridliklarning o‘yiniga yangi rang va kreativlik bag‘ishlay oladi. Shuning uchun ham uning ehtimoliy transferi allaqachon Yevropa futbol jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" "Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchini qo‘lga kiritish uchun 2026 yilni kutadi