Madridning taniqli klubi «Real» La Liganing 2-turida «Ovedo»ga qarshi maydonga tushib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappening o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. E’tiborlisi, Mbappe yangi mavsumning dastlabki ikki bahsidayoq uchta golga mualliflik qildi.
Alonso ta’kidlashicha, hujumchi so‘nggi oylarda o‘zini qaytarishda katta ish qildi:
— U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida tashlangan to‘rt kilogramm vaznini qayta tikladi. O‘tgan mavsum haqida ko‘p narsa deyolmayman, chunki o‘shanda bu yerda emasdim. Ammo hozir ko‘rib turibmanki, u motivatsiyaga ega va shu ruhni jamoaga ham bermoqda. Meni uning tezkor burilishlarini qanday amalga oshirayotgani hayratga soldi. Hamma uning gol urishini yaxshi biladi, lekin to‘p bilan ham, to‘psiz ham uzoq masofalarda bir maromda harakat qilishi o‘ziga xos jihat.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, bugun Mbappe maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi:
— Uning harakatidan qoniqdim. Biz hali ham takomillashish ustida ishlayapmiz, nimalarni yaxshilash zarurligini ko‘rib turibmiz. Vaqt juda qisqa bo‘lganiga qaramay, jamoada ijobiy kayfiyat bor, — deya qo‘shimcha qildi Alonso.
Muxlislar fikricha, Mbappe yangi mavsumni yuqori ruhda boshladi va u «Real»ning asosiy g‘alabalar kalitiga aylanishi mumkin. Shu bois fransiyalik hujumchining har bir bahsi Yevropa futbol jamoatchiligida katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.
Xabi Alonso: «Mbappe yanada motivatsiya topdi va jamoaga kuch qo‘shmoqda»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar