Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida kutilmagan holat yuz berdi. “Etixad” stadionida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenhem”ga qarshi bahsda 0:2 hisobida taslim bo‘ldi. Bu natija nafaqat jamoa uchun, balki butun dunyodagi ishqibozlar uchun ham jiddiy muhokama mavzusiga aylandi.
Mag‘lubiyat, asosan, himoya chizig‘idagi yirik xatolar bilan bog‘landi. Birinchi golda Jon Stounz raqib hujumchisi Rivarlisonga qarshi samarali harakat qila olmadi va yiqilib qolgan paytda Brennan Jonson hisobni ochdi. Ikkinchi to‘p esa darvozabon Jeyms Traffordning noqulay pasi oqibatida Joau Palinya tomonidan kiritildi.
Bahsni kuzatgan mutaxassislar ham, oddiy muxlislar ham Gvardiolaning himoyachilarda tezkorlik yetishmasligini asosiy omil sifatida qayd etdi. Ayniqsa, ko‘pchilik ispaniyalik murabbiy Abduqodir Husanovga imkoniyat bermagani uchun norozilik bildirdi. Uning shiddati va tezligi aynan shunday bahslarda kerak edi, degan fikrlar ko‘pchilikning og‘zida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlardan ayrimlari quyidagicha:
– “Men Riko Lyuisni yoqtiraman, lekin uning oldinga chiqib ketishi oqibatida himoyada bo‘shliq qolmoqda”.
– “Treblga erishgan mavsumdagi darajaga qaytish uchun Husanovni qanotga qo‘yish kerak”.
– “Bu bahsda aynan Husanovning tezkorligi yetishmadi”.
– “Men Ruben Diashni qadrlayman, u jamoa yetakchisi, lekin anchadan beri yuqori sport formasida emas”.
– “Jon Stounz va Diash – kuchli o‘yinchilar. Lekin ularning yonida tezkor markaziy himoyachi bo‘lishi shart. Masalan, Husanov yoki Gvardiol”.
– “Jamoamiz baland chiziqli himoya uslubida harakat qilsa, shiddatli markaziy himoyachilar zarur”.
– “Husanov ko‘proq imkoniyatga arziydi. Uning tezligi yuqori, harakatlari shiddatli”.
– “Diash+Husanov yoki Stounz+Husanov tandemini sinovdan o‘tkazish vaqti keldi. U holda qanotni boshqa o‘yinchiga berish mumkin”.
– “Riko Lyuis zaxirada o‘tirishi shart. Husanov esa ilk daqiqalardan maydonga tushishi lozim”.
– “Rayan Ayt-Nuri maydonni tark etganidan keyin raqib qarshi hujumlarni qaytarish uchun shiddatli o‘yinchi talab etildi”.
Shu tariqa, “Siti” muxlislari uchun bu mag‘lubiyat katta alam bo‘ldi. Ular Gvardioladan himoyadagi muammolarga jiddiy yechim topishni va Abduqodir Husanov kabi yosh iste’dodlarga ishonch bildirishni qat’iy talab qilmoqda. Muxlislar fikricha, o‘zbek himoyachisining tezligi va energiyasi “shaxarliklar” uchun kelgusi muhim bahslarda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin.
“Tottenhem”ga mag‘lubiyat: muxlislar Husanov haqida gapirishmoqda...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar