«Oltin to‘p» sovrinining navbatdagi egasi kim bo‘lishi yaqinda aniqlanadi. Daily Post'ning yozishicha, ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi va endilikda natijalarni kutish qoldi.
Tanlovda FIFA reytingidan 100 ta mamlakat jurnalistlari ishtirok etdi. Ular har biri 10 nafardan futbolchiga o‘rin berib, tartib bilan joylashtirdi. Shu asosda futbolchilar ball yig‘ishdi. Kim ko‘proq ball to‘plasa, sovrin ham unga topshiriladi.
Bu yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlar sifatida Usmon Dembele, Lamin Yamal, Ashraf Hakimiy, Rafinya va Vitinya tilga olinmoqda.
Mukofot marosimi 22 sentyabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sharafli sovrin Rodriga topshirilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar