date

CAFA. Hindiston O‘monni mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

CAFA. Hindiston O‘monni mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 3-o‘rin uchun bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindiston milliy jamoasi O‘mon bilan kuch sinashib, asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Penaltilar seriyasida esa hindistonliklar raqibidan ustun keldi — 3:2.

Shu tariqa, Hindiston musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi. Karlush Keyrush bosh murabbiyligidagi O‘mon esa 4-o‘rin bilan cheklanadigan bo‘ldi.

CAFA Nations Cup
3-o‘rin uchun bahs

O‘mon – Hindiston 1:1 (penaltilar bo‘yicha – 2:3)
Gollar: Al Yahmadi 55' – Udanta Singx 80'

O‘mon: 1.Al Muhayni, 3.Tani G‘arib Al Rushaydi, 6.Ahmad Muhammad Al Xamisi, 7.Isom Al Sabhi (Muhsin Al G‘assani, 46), 12.Abdulloh Favaz Bait Abdulg‘afur, 14.Ahmad Xalifa Al Kabi, 17.Ali Sulaymon Al Busaydi, 21.Abdul Rahmon Al Mushayfri, 27.Mahmud Mabruk Al Mushayfri (Saloh Al Yaxyoi, 46, Zahir Sulaymon Abdulloh Al Ag‘bari, 59), 28.Nossir Sulton Al Ravaxi (Jamil Al Yahmadi, 46), 30.Ahad Al Xabshi Al Mashayxi (Harib Al Saadi, 46).

Hindiston: 1.Gurprit Singx, 2.Rahul Bheke, 4.Anvar Ali, 6.Nixil Prabxu (Suresh Singx, 78), 7.Lallianzuala Chhangte, 9.Vikram Partap (Jitin Madatil, 46, 46), 10.Irfan Yadvad (Udanta Singx, 79), 11.Naorem Singx (Manvir Singx, 64), 16.Valpuia, 18.Muhammad Uvays (Naorem Singx, 63), 19.Danish Faruk (Jekson Singx, 116).

Ogohlantirishlar: Ahad Al Xabshi Al Mashayxi (45+1), Gurprit Singx (90+1).
Chetlatish: Ali Sulaymon Al Busaydi (90+6).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA. Hindiston O‘monni mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi