date

Xoland “Real” orzusidan qaytmadi: Vinisius kalit shaxs bo‘lishi mumkin

Xoland “Real” orzusidan qaytmadi: Vinisius kalit shaxs bo‘lishi mumkin

“Manchester Siti” rahbariyati norvegiyalik superhujumchi Erling Xolandni klubda uzoq muddat ushlab qolish niyatida unga rekord maosh taklif qilib, 2034-yilning yarmigacha amal qiladigan shartnoma bergan edi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilgi muzokaralardan so‘ng 25 yoshli to‘purar bu katta shartnomaga rozi bo‘lib, rasman imzo chekishga ham ulgurdi. Biroq shunga qaramay, Xoland hali ham “Real Madrid” safida to‘p surish orzusidan voz kechmagani ma’lum bo‘ldi.

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumchi amaldagi shartnomasiga kelajagini shaxsan boshqarish imkonini beradigan maxsus band kirittirgan. Shu sabab, uning “Real”ga transferi og‘ir jarayon sanalsa-da, umuman olib qaraganda, amalga oshishi mumkin bo‘lgan variant sifatida ko‘rilmoqda.

Xolandning agenti Rafaela Pimentaning aytishicha, bu transferni amalga oshirish uchun yagona yo‘l mavjud — u ham bo‘lsa, madridliklar Vinisius Juniorni sotishga qaror qilishi. Bu holatda “Qirollik klubi”da Xoland uchun tarkibiy joy ochiladi va qolaversa, braziliyalik yulduzdan tushadigan mablag‘ orqali “Siti”ga to‘lovni amalga oshirish imkoni yuzaga keladi.

Ayni damda esa “shaxarliklar” murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani qayta qurish jarayonida. Ispaniyalik mutaxassis yangi tarkibni aynan Xoland atrofida shakllantirayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ham jamoada tobora muhim o‘rin egallab bormoqda.

E’tiborlisi, Erling Xoland va Abduqodir Husanov o‘rtasida samimiy do‘stona munosabat ham mavjud. Norvegiyalik yulduz o‘zbek legionerini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Abduqodir esa o‘z navbatida Xoland har safar gol urganida uni tabriklab, yaqinligini namoyon etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland “Real” orzusidan qaytmadi: Vinisius kalit shaxs bo‘lishi mumkin