date

Rustam Ashurmatov: “Qiyin raqiblar ham sinov, ham imkoniyat”

Rustam Ashurmatov: “Qiyin raqiblar ham sinov, ham imkoniyat”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Urugvayga qarshi kechadigan o‘rtoqlik bahsi oldidan jamoa kayfiyati va tayyorgarligi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bahs Jahon chempionatiga yo‘ldagi muhim bosqichlardan biri bo‘ladi.

«Aslida oson o‘yin degani bo‘lmaydi. Har bir bahs sinov ham, tajriba ham hisoblanadi. Jahon chempionatiga tayyorgarligimiz aynan shunday uchrashuvlar orqali boshlanyapti», — dedi Ashurmatov.

Futbolchining aytishicha, yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro bilan jamoa yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda:

«Urugvay kabi jamoaga qarshi o‘ynash biz uchun qiziq va mas’uliyatli. Yangi murabbiy bilan taktik o‘zgarishlar bo‘ladi, biz esa maydonda maksimal kuch bilan harakat qilamiz».

Ashurmatov, shuningdek, raqibning kim bo‘lishi ular uchun ahamiyatsiz ekanini ta’kidladi:

«Ularning tarkibi qanday bo‘lishi biz uchun muhim emas. Asosiy maqsad — o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish, har bir epizodda qat’iyat bilan harakat qilish. Biz tayyormiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilish niyatidamiz».

Murabbiylar shtabi uchun bu bahs jamoaning jahon chempionati oldidan qay darajada birlashganini baholash imkoniyatini beradi. Ashurmatovning ta’kidlashicha, terma jamoa so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi ritmni topgan va bu safar ham g‘alaba uchun maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Ashurmatov: “Qiyin raqiblar ham sinov, ham imkoniyat”