date

Rafinya jarohatdan so‘ng “Real”ga qarshi o‘yinga tayyorlanmoqda

Rafinya jarohatdan so‘ng “Real”ga qarshi o‘yinga tayyorlanmoqda

“Barselona” muxlislari uchun yaxshi yangilik. Kataloniya klubining braziliyalik hujumchisi Rafinya Dias uzoq tanaffusdan so‘ng yana safga qaytish arafasida turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri ma’lum qildi.

Manba xabariga ko‘ra, 16-oktyabr kuni o‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijalari ijobiy chiqqan. Shu bois Rafinya 26-oktyabr kuni bo‘ladigan “Real Madrid”ga qarshi katta derbida maydonga tushish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u 21-oktyabr kuni “Olimpiakos”ga qarshi bahsda ham kichik minutlar o‘ynashi ehtimoldan xoli emas.

“Barselona“ hujumchisi 25-sentyabr kuni “Real Ovedo”ga qarshi bellashuv (3:1) paytida jarohat olgan edi. Klub shifokorlari avval boshda uning to‘liq tiklanishini uch haftada kutishgan, ammo jarayon biroz uzoqqa cho‘zildi. Hozircha Rafinya jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarni boshlamagan va “Jirona”ga qarshi La Liga uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Shunga qaramasdan, uning holati kun sayin yaxshilanmoqda. Jamoa murabbiylari va shifokorlar shunday tez sur’atda tiklanishni ijobiy baholashmoqda. Agar barchasi reja bo‘yicha kechsa, Rafinya El Klasiko oldidan jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Kataloniya klubi muxlislari endi Rafinyaning tezroq safga qaytib, “Real”ga qarshi derbida yana o‘zining ta’sirli o‘yinini namoyish etishini intiqlik bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rafinya jarohatdan so‘ng “Real”ga qarshi o‘yinga tayyorlanmoqda