"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi so‘nggi o‘yinda qizil kartochka oldi. Euro-football.ru yozishicha, u endi "El klasiko" uchrashuvida diskvalifikatsiyani o‘taydi.
Dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Flikdan ushbu vaziyat haqida so‘rashdi. Avvalroq "Barselona" rahbariyati apellyatsiya orqali murabbiyni jazodan ozod qilishga umid qilayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Flik esa bu borada shunday dedi: "Apellyatsiya masalasi hozir men uchun asosiy emas. Mening diqqatim Chempionlar ligasi o‘yinida.
'Olimpiakos'ga qarshi bahsdan keyin yoki shanba kuni bu mavzuda yana gaplashamiz." Flik "Jirona"ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamga hech qanday e’tirozi bo‘lmaganini ta’kidladi. U hakamning qarorini qabul qilishga majbur bo‘lganini aytdi.
"Barselona" 21 oktabr, seshanba kuni "Olimpiakos"ni qabul qiladi. Klub apellyatsiya natijasini kutmoqda.
Flik esa hozircha jamoasining Chempionlar ligasidagi ishtirokiga e’tibor qaratmoqda.
Flik Chempionlar ligasi oldidan diskvalifikatsiyani muhokama qilmadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar