
PSV bosh murabbiyi Peter Bos sobiq futbolchisi Noa Lang haqida fikr bildirdi. Lang yozda PSVdan Italiya klubi “Napoli”ga o‘tdi.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Bos matbuot anjumanida Langning shaxsiyati haqida gapirdi.
Unga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi va tatuirovkalari sabab Lang ko‘pchilikka rep ijodkorini eslatadi. Biroq, murabbiy uni ochiq va mehribon inson sifatida ta’rifladi hamda jamoada yetakchi bo‘lganini aytdi.
Bos Langning “Napoli”da kam maydonga tushayotgani haqida ham fikr bildirdi. U Antonio Kontega maslahat bermasligini ta’kidladi va Konte kuchli murabbiy ekanini eslatdi.
Shuningdek, Langdan hujumda ko‘proq foyda olish uchun uni o‘zining asosiy pozitsiyasida o‘ynatish kerakligini aytdi. Bos, shuningdek, Lang himoyaga ham hissa qo‘shishi lozimligini qo‘shimcha qildi.
PSV va “Napoli” 21-oktabr kuni Chempionlar ligasi uchrashuvida maydonga chiqadi. Hozirda “Napoli” 3 ochko bilan 19-o‘rinda, PSV esa 1 ochko bilan undan 8 pog‘ona pastda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar