date

Real Madrid KONKAKAFga "Barselona" o‘yinini AQSHda to‘xtatishni so‘radi

Real Madrid KONKAKAFga "Barselona" o‘yinini AQSHda to‘xtatishni so‘radi
Real Madrid klubi Ispaniya chempionati doirasidagi "Vilyarreal" va "Barselona" o'yinining AQSHda o'tkazilishiga qarshi chiqmoqda. Klub bu borada nafaqat Ispaniyaning Yuqori sport kengashiga, balki KONKAKAF konfederatsiyasiga ham rasmiy murojaat yubordi.

Euro-football.ru yozishicha, Real Madrid KONKAKAFdan o'yinning o'z hududida o'tkazilishiga ruxsat bermaslikni so'ragan. Avvalroq UEFA "Vilyarreal" va "Barselona" jamoalariga dekabr oyida Mayami shahrida o'ynashga ruxsat bergan edi.

Biroq, UEFA ushbu qarorni qabul qilishga majbur bo'lganini, amaldagi reglamentlarda bu holat aniq ko'rsatilmaganini bildirgan. "Barselona" jamoasining ayrim futbolchilari ham o'yinni AQSHda o'tkazishga qarshi chiqqan.

Uchrashuvning AQSHda o'tkazilishi Ispaniya futbolida bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Kelgusida bunday o'yinlar bo'yicha aniq qoidalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madrid KONKAKAFga "Barselona" o‘yinini AQSHda to‘xtatishni so‘radi