date

Lamin Yamal Chempionlar ligasida 25 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi

Lamin Yamal Chempionlar ligasida 25 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi

"Barselona" futbolchilari Chempionlar ligasida "Olimpiakos" ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda jamoa vingeri Lamin Yamal ham gol urdi.

U ikkinchi bo‘limda penaltini aniq amalga oshirdi. Lamin Yamal ushbu uchrashuvda maydonga tushib, yangi rekord o‘rnatdi. U Chempionlar ligasida 25 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Yamal bu natijaga 18 yosh-u 100 kunligida erishdi. Avvalroq ushbu rekord PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeriga tegishli edi.

U 25-o‘yinini 19 yosh-u 32 kunligida o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda Zair-Emeri bu borada Sesk Fabregasni (19 yoshu 292 kun) ortda qoldirgan edi.

Lamin Yamalning natijasi Chempionlar ligasi tarixida 25 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. Kelajakda Yamal yana ko‘plab rekordlarni yangilashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal Chempionlar ligasida 25 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi