
Londonning "Tottenxem" klubi sobiq futbolchisi Jeymi O’Hara hozirgi kunda dunyo futbolidagi eng yaxshi murabbiylar ro‘yxatini tuzdi. U o‘z fikrini joriy yil 13-iyun kuni e’lon qildi.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. O’Hara tanlovi bo‘yicha 15 nafar mutaxassis eng kuchli murabbiylar qatoriga kirdi.
Ular orasida Xans-Diter Flik, Xosep Gvardiola, Arne Slot, Xabi Alonso, Diego Simeone, Antonio Konte, Karlo Anchelotti, Luis Enrike, Simone Indzagi, Tomas Tuxel, Didye Desham, Luis de la Fuente, Lionel Skaloni, Entso Mareska va Unai Emeri bor. Jeymi O’Hara o‘z futbolchilik faoliyatini Angliya klublarida o‘tkazgan.
U "Tottenxem"dan tashqari "Vulverxempton", "Fulhem", "Blekpul" va boshqa jamoalarda ham o‘ynagan. Uning so‘nggi klubi "Belleriki Taun" bo‘lgan.
O’Hara faoliyatini yakunlaganidan so‘ng futbol sharhlovchisi sifatida ham tanildi. U ko‘plab sport nashrlari va telekanallarda ishlashda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar