date

Liverpulning chempionlik imkoniyati 11 foizga tushdi

Liverpulning chempionlik imkoniyati 11 foizga tushdi
"Liverpul" Angliya Premyer-ligasida toʻrt oʻyinda ketma-ket magʻlubiyatga uchragach, turnir jadvalida yettinchi oʻringa tushib qoldi. Shanba kuni Arne Slot boshchiligidagi jamoa "Brentford"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yakshanba kuni esa "Arsenal" "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, "Manchester Siti" "Aston Villa"ga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. "Kanonirlar" toʻqqiz turdan soʻng turnir jadvalining birinchi pogʻonasida joylashib, eng yaqin taʼqibchi "Bornmut"dan toʻrt ochko oldinda bormoqda.

Ammo "shaharliklar" va mersisaydliklar esa yetakchidan mos ravishda olti va yetti ochko orqada qolmoqda. Opta superkompyuteriga koʻra, chempionlik uchun asosiy favorit "Arsenal" boʻlib, ularning imkoniyati 66 foizga baholangan.

"Manchester Siti"ning chempionlik ehtimoli 14 foiz, "Liverpul"niki esa atigi 11 foizni tashkil etmoqda. Qolgan jamoalar esa yetakchilardan ancha ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpulning chempionlik imkoniyati 11 foizga tushdi