date

Arsen Venger “El Klasiko” haqida: Bu erkaklar va bolalar o‘yini edi

Arsen Venger “El Klasiko” haqida: Bu erkaklar va bolalar o‘yini edi

Mashhur sobiq murabbiy Arsen Venger “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi “El Klasiko” haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Qirollik klubi” o‘z maydonida 2:1 hisobiga g‘alaba qozondi.

Madridliklar safida Kilian Mbappe va Jud Bellingem gol urishdi, mehmonlar tarkibida esa Fermin Lopes aniq zarba yo‘lladi. “El Klasiko erkaklar va bolalar o‘yiniga o‘xshar edi.

“Real Madrid” himoyada “Barselona”ga qaraganda ancha kuchli ko‘rindi. “Real” to‘pni nazorat qilgan vaqtda har doim xavf sezilardi, “Barselona” esa ko‘p to‘pga egalik qilgan bo‘lsa-da, hujumda o‘tkirlik yo‘q edi.

Xavi Alonso rahbariyatidagi jamoaga bunday o‘yinda yengil bo‘lmaganini tan olish kerak”, – dedi sobiq “Arsenal” murabbiyi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida. Ushbu g‘alaba “Real Madrid”ga La Liga jadvalida asosiy raqibi “Barselona”dan 5 ochko oldinga chiqib olish imkonini berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger “El Klasiko” haqida: Bu erkaklar va bolalar o‘yini edi