date

Jerom Boateng "Bavariya"da stajirovka o‘tamaydi

Jerom Boateng "Bavariya"da stajirovka o‘tamaydi

Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq himoyachisi Jerom Boateng Myunxen klubida stajirovka o‘tamaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar muzokara o‘tkazib, Boatengning "Bavariya"dagi stajirovkasi bekor qilinishiga qaror qilishdi. Futbolchi uning atrofidagi mojaro klubga zarar yetkazishini istamaydi, deyiladi Germaniya chempionining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Boateng 2011-yildan 2021-yilgacha Myunxen klubida faoliyat yuritgan. Germaniya terma jamoasi safida u 76 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol kiritgan.

2014-yili esa u "Bundestim" bilan Jahon chempioni bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jerom Boateng "Bavariya"da stajirovka o‘tamaydi