date

Runi Van Deyk va Salohni tanqid qildi

Runi Van Deyk va Salohni tanqid qildi
“Liverpul” Angliya premer-ligasidagi so‘nggi to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi mersisaydliklarning yetakchilari – himoyachi Virjil van Deyk va hujumchi Muhammad Salohni keskin tanqid qildi.

“Hozir shunday vaqtki, murabbiy va jamoa yetakchilari vaziyatni tezda tushunib yetib, uni tuzatishi kerak. Van Deyk va Saloh yangi shartnomalar imzolashdi, ammo mening fikrimcha, bu mavsumda ular jamoaning haqiqiy yetakchisi bo‘la olishmadi.

Tana tili ko‘p narsani anglatadi. Ularga qarab, nimadir noto‘g‘ri ekanini payqash mumkin.

Ular jamoa tarkibidagi eng yaxshi ikki futbolchi, ularning kayfiyati va xatti-harakatlari qolganlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar men “Liverpul” muxlisi bo‘lganimda, bu holat meni jiddiy xavotirga solgan bo‘lardi”, – dedi Runi o‘zining “The Wayne Rooney Show” podkastida.

“Liverpul” hozirda Premer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Runi Van Deyk va Salohni tanqid qildi