date

Real Madrid Karvahalni uzoq muddatga yoʻqotdi

Real Madrid Karvahalni uzoq muddatga yoʻqotdi
Real Madrid sardori Dani Karvahal yana jarohatlar roʻyxatiga tushdi. 33 yoshli futbolchining oʻng tizzasidagi muammo sabab artroskopiya jarrohlik amaliyoti zarur boʻldi.

Klub Karvahalning jarohati haqida maʼlumot bergan boʻlsa-da, uning tiklanish muddati borasida aniq maʼlumot bermadi. Shunga qaramay, El Partidazo de COPE dasturida Karvahalning toʻliq tiklanishi uchun taxminan ikki-uch oy kerak boʻlishi aytildi.

Shu sababli, Dani Karvahal 2026-yilga kelibgina maydonga qaytishi kutilmoqda. 2025/2026-yilgi mavsumda Karvahal “Real” safida jami 9 ta oʻyinda ishtirok etgan, ammo samarali harakatlar koʻrsata olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madrid Karvahalni uzoq muddatga yoʻqotdi