date

Endrikni Realdan Bundesliga klubi tortib olishi mumkin

Endrikni Realdan Bundesliga klubi tortib olishi mumkin
2025/2026 yilgi mavsumning oxirgi oylari bo'lsa-da, Endrik hali birorta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q. Yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida yosh hujumchi "Real"ni tark etishi va doimiy o'yin amaliyoti olishi mumkin bo'lgan jamoaga o'tishi kutilmoqda.

Sport.de xabariga ko'ra, "Shtutgart" yanvar oyida Endrikni ijaraga olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda. "Shvablar" hujum chizig'ida kadrlar muammosiga duch kelayotgan bo'lib, 19 yoshli braziliyalik futbolchini qo'shib olish bu muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Endrikning "Real"dan "Shtutgart"ga o'tishiga Xabi Alonso va Sebastyan Xyonessning yaxshi munosabatlari ham yordam berishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiylar bu masalani allaqachon muhokama qilishgan.

Shuningdek, Endrikga "Marsel", "Ayntraxt" va "RB Leyptsig" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endrikni Realdan Bundesliga klubi tortib olishi mumkin