
"Tottenhem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven "Real Madrid"ning transfer roʻyxatidan joy olgan. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Madrid klubi hozirda bepul transfer orqali markaziy himoyachini qoʻlga kiritish strategiyasini maʼqul koʻrayotganiga qaramay, van de Venga qiziqish susaymagan. Biroq "Real" vakillari niderlandiyalik futbolchini sotib olish oson boʻlmasligini tushunishadi, chunki "Tottenhem" 2023 yilda uni transfer qilish uchun 50 million yevrodan koʻproq mablagʻ sarflagan edi.
Joriy mavsumda 24 yoshli van de Ven barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
"Van de Ven tobora koʻproq yetakchilik vazifalarini zimmasiga olmoqda", - deydi murabbiy Frenk. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing