date

Real Madrid UEFA bilan kurashni davom ettiradi

Real Madrid UEFA bilan kurashni davom ettiradi
Madridning "Real" futbol klubi o'zining rasmiy saytida bayonot e'lon qildi. Klub Madrid Apellyatsiya sudining qarorini ijobiy baholadi.

Mazkur sud UEFA, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi va La Liga tomonidan berilgan apellyatsiyalarni rad etgan edi. Sud qarorida aytilishicha, UEFA Superliga masalasida Yevropa Ittifoqi erkin raqobat qoidalarini buzgan va o'z mavqeidan suiiste'mol qilgan.

"Ushbu qaror klubga katta miqdordagi zarar va yo'qotishlar uchun da'vo arizalarini topshirish imkoniyatini ochib beradi", — deyiladi "Real" bayonotida. Shuningdek, "Real" yil davomida UEFA bilan muzokaralar olib borganini, biroq shaffof boshqaruv, moliyaviy barqarorlik, futbolchilarning sog'lig'ini himoya qilish va muxlislar uchun bepul translyatsiyalarni o'z ichiga olgan takomillashtirishlar bo'yicha kelishuvga erisha olmaganini ta'kidladi.

"Shu munosabat bilan klub jahon futbolini rivojlantirish va muxlislar manfaatlarini himoya qilish yo'lida ishni davom ettirish niyatini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, UEFAdan yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya talab qiladi", — deyiladi "Real" bayonotida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madrid UEFA bilan kurashni davom ettiradi