
A Seriyaning 9-turida "Roma" oʻz maydonida "Parma"ni qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi, ammo ikkinchi boʻlimda "Roma" oʻyin taqdirini oʻz foydasiga hal qildi.
63-daqiqada Paulo Dibaladan uzatilgan burchak toʻpini Mario Hermoso boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga yoʻlladi va hisobni ochdi. 81-daqiqada "Roma" yana bir bor hujumni muvaffaqiyatli yakunladi.
Artem Dovbik ajoyib tarzda sherigi bilan oʻynab, darvoza tomon aniq zarba berdi - 2:0. "Parma" esa 86-daqiqada Alessandro Chirkati orqali muvozanatni tiklashga urinib, hisobni qisqartirdi - 2:1.
Bu gʻalabadan soʻng "Roma" 21 ochko toʻplab, "Napoli" bilan bir xil koʻrsatkichga ega boʻldi va turnir jadvalining yuqori qismida joylashdi. "Parma" esa 6-oʻrindan oxiriga yaqinlashib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar