
Yuventus hujumchisi Jonatan David yana bir klubning qiziqish doirasiga tushdi. 25 yoshli futbolchi hali Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsata olmagan, shuning uchun matbuotda kanadalik futbolchining boshqa chempionatga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar kuchaymoqda.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Tottenxem qishki transfer oynasida Bavariya bilan Davidni qo‘lga kiritish uchun raqobatlashishga tayyor. Ammo hozircha Yuventusning ushbu hujumchini qo‘yib yuborishga qanday qarashda ekani nomaʼlum.
Jonatan David o‘tgan yozda Lil klubidan Turindagi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U ‘qariya senyora’ safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali maʼlumotiga ko‘ra, Liga 1ning sobiq yulduzi 45 million yevro qiymatga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar