
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich “Udineze”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur uchrashuv Italiya A Seriyasining to‘qqizinchi turida bo‘lib o‘tib, 3:1 hisobida “Yuventus” foydasiga yakunlandi.
“Mavsumda 100 gol urishni xohlardim. Muxlislarimizga olqishlari uchun minnatdorchilik bildiraman.
Men o‘zimni jamoaning yetakchisi deb hisoblamayman. Bir yarim yil ichida bizda uchta murabbiy almashdi, bu hammamizning aybimiz.
Mister Tudorning qilgan ishlari uchun minnatdorman”, — deya Vlahovichning so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira keltirdi. Joriy mavsumda serbiyalik hujumchi barcha turnirlarda 12 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
1-noyabr kuni “Yuventus” safarda “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.