date

PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi

PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi
PSJning hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due Fransiya chempionatining 10-turida "Loryan" jamoasiga qarshi bahsda jarohat oldi. Lequipe nashrining xabar berishicha, 20 yoshli vinger son jarohati sabab ikki-uch hafta davomida safdan chiqadi.

Joriy mavsumda Due sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. "PSJ" va "Loryan" o‘rtasidagi bahs kutilmagan tarzda 1:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu natijadan so‘ng Luis Enrike shogirdlari Fransiya chempionati turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchidan bir ochko farq bilan peshqadamlikni davom ettirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi