
Sobiq mashhur futbolchi Ditmar Hamann qishki transfer oynasida hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsning "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi ehtimolini inkor qilmadi. Hamannning so'zlariga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Virtsning holatini kuzatishni tavsiya qilgan bo'lishi mumkin.
"Alonso Virts haqida yuqori fikrda. U "Bayer"da Granit Jaka bilan birgalikda jamoaning yuragi edi.
Virts juda iste'dodli futbolchi va "Liverpul"da muvaffaqiyatsizlikka uchrashi dargumon, lekin zamonaviy futbolda hech narsani inkor qilib bo'lmaydi", - dedi Hamann ESportsBets nashriga. Virts joriy mavsumda "Liverpul" safida 13 o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar