date

Shesni Mbappe penaltisini qaytargani haqida o‘z fikrini bildirdi

Shesni Mbappe penaltisini qaytargani haqida o‘z fikrini bildirdi
Barselona safarda Realga qarshi o'yinda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu bahsda kataloniyaliklar darvozaboni Voytsex Shesni Kilian Mbappe ijrosidagi penaltini qaytarib, e'tiborni tortdi.

Shesni shu tariqa Messining, Mbappening va Neymarning penaltisini qaytargan yagona darvozabon bo'lib qolmoqda. "Yaxshi ro'yxat, lekin hozir bu haqida ko'p o'ylamayman.

Balki, yoshi ulg'ayganimda bu muvaffaqiyatning qiymatini to'g'ri baholarman", – dedi Shesni Barselonaning YouTube kanalida e'lon qilingan videoda. Shesni o'yinlardan oldin raqib jamoalarning penaltichilarini chuqur tahlil qilishini ham tan oldi.

"Men raqiblarni ko'p o'rganaman. Ularning penaltidan oxirgi 20ta zarbalarini tahlil qilaman – qayerga urishadi, qanday tezlikda, qanchalik ishonchli.

El-Klasiko oldidan Mbappeni o'rganib chiqdim. U oxirgi safar zarba yo'llagan joyga sakradim", – deya izoh berdi Shesni.

Barselonaning yaqinlashib kelayotgan o'yini 2-noyabr kuni Elchega qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shesni Mbappe penaltisini qaytargani haqida o‘z fikrini bildirdi