
Italiyalik jurnalist Entso Palladini sobiq "Zenit" bosh murabbiyi Luchano Spalettining "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlanishi yuzasidan fikr bildirdi. "Bu mantiqiy va kutilgan qaror.
Menimcha, Tuddorning isteʼfosidan soʻng Spaletti darhol "Yuventus" uchun yagona real nomzod boʻldi. Luchanoning A Seriyaga qaytishi - katta voqea", - dedi jurnalist "Sport-Ekspress" nashriga.
Maʼlum boʻlishicha, mashhur mutaxassis "Keksa sinyora" bilan bugungi mavsum yakunigacha shartnoma imzolagan. Italiya A Seriyasining toʻqqizinchi turidan keyin "Yuventus" 15 ochko toʻplab, turnir jadvalida yettinchi oʻrinda bormoqda.
Turin klubi peshqadam "Napoli"dan olti ochkoga ortda qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 