date

40 yoshli Modrich sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi


Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionati – A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Milan" klubi vakili boʻlgan tajribali futbolchi Italiya Futbolchilar Uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan ovoz berishda gʻolib chiqdi.

Luka Modrich yozgi transfer oynasida Madridning "Real" klubidan erkin agent sifatida "Milan" safiga qoʻshildi. U "rossonerilar" safida barcha musobaqalarda jami 10 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Yakshanba, 2-noyabr kuni "Milan" oʻz maydonida "Roma" klubini qabul qiladi. A Seriyaning 10-tur doirasidagi mazkur uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 22:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 40 yoshli Modrich sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi