date

Mbappe "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritdi

Mbappe "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'tgan Yevropa mavsumining eng yaxshi to'purari sifatida "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritdi. Mukofotni qabul qilib olgach, fransiyalik futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hammaga salom! Men ispan tilida gaplashaman, chunki hech kim fransuz tilini tushunmaydi (kuladi).

Tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Men uchun "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritish katta sharaf.

Bu men uchun juda muhim. Jamoadoshlarimga har doim yonimda bo'lib, yordam berganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Bizning jamoamiz ajoyib va ko'plab yutuqlarga erishishimiz mumkin. Madridning "Real" klubini himoya qilish men uchun katta baxt.

Bu orzuim bolaligimdan boshlangan. Endi bu yerda bo'lganimdan xursandman va umid qilamanki, uzoq vaqt davomida shu yerda qolaman.

"Real" muxlislariga ham rahmat, ularning qo'llab-quvvatlovi juda muhim. Umid qilamanki, keyingi safar yana "Oltin butsa"ni qo'lga kiritaman.

Mavsumni yaxshi boshladim, ammo ko'ramiz. Hammaning yordami uchun rahmat.

Bizda kuchli tarkib bor. Bu mavsumda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.

Eng muhimi – jamoaviy sovrinlar!" – dedi Mbappe. Madridning "Real" klubi 1-noyabr, shanba kuni La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi o'z maydonida o'yin o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritdi