
“Al-Ittihod” yarim himoyachisi N'Golo Kante Fransiyaning “Parij” klubini hanuz qiziqtirmoqda. Liga 1ning yangi ishtirokchisi bo'lgan mazkur jamoa o‘tgan yozdayoq sobiq “Chelsi” yulduzini tarkibga qo‘shish niyatida edi, biroq o‘shanda kelishuv amalga oshmagan.
Santi Aunaning xabariga ko‘ra, parijliklar 34 yoshli tajribali futbolchini transfer qilish umidini yo‘qotmagan. Jamoa Jahon chempioni bo'lgan ushbu futbolchiga o‘z loyihasida asosiy yetakchi rolini taklif qilishga tayyor.
N'Golo Kantening “Al-Ittihod” bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakunlanadi. Shu sababli yanvar oyida u arzonroq narxda sotilishi mumkin.
Fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistonida ikki yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib bormoqda. Hozirda “Parij” Fransiya chempionati turnir jadvalida o‘n turdan so‘ng 12-o‘rinni egallab turibdi.
Parij klubi N'Golo Kantega qiziqmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar