
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashlar haqida o'z fikrlarini bildirdi. Yaqinda fransiyalik futbolchi o'tgan mavsum uchun Yevropaning "Oltin butsa" mukofotini qo'lga kiritdi.
Joriy mavsumda esa u yanada hayratlanarli natijalarni qayd etmoqda – barcha musobaqalarda 13 uchrashuvda 16 ta gol urdi. "Men Ronalduning yutuqlarini ortda qoldirishim mumkinmi?
Bu savolga qanday javob berishni bilmayman. Hamma biladi, Krishtianu Madridda me’zon, u birinchi raqam.
Men bu yerda bor-yo'g'i bir yarim yildan beri o'ynayapman, u esa bu klubda to'qqiz yil faoliyat olib borgan. Oʻzimni u bilan taqqoslay olmayman, men o'z yoʻlimni bosib o'tyapman.
Albatta, Ronalduning nomi bilan taqqoslanish – bu katta sharaf. Ammo men faqat o'z yo'limni yaratish va jamoamga barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berish haqida o'ylayman", – deydi Mbappe "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.
Shanba kuni "Real" La Liga doirasida o'z maydonida "Valensiya" bilan bahs olib boradi.
Mbappe Ronalduni ortda qoldirishi mumkinmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar