
Yozda "Bornmut" bir necha muhim futbolchilarini yoʻqotgan edi. Shunga qaramay, hozirda jamoa Angliya Premyer-ligasining jadvalida ikkinchi oʻrinda joylashgan.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida "Bornmut" haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Bornmut" jamoasi ajoyib darajada ishlamoqda.
Ularning rahbariyati, sport direktorlari, murabbiylar va futbolchilar oʻrtasida yaxshi muvofiqlashtirilgan ish mavjud. Ularning oʻziga xos falsafasi bor va bu oʻzgarmaydi.
Albatta, tarkibda oʻzgarishlar boʻladi. Agar bir vaqtning oʻzida uch-toʻrt futbolchingizni top-klublarga joʻnatib, shunga qaramay jamoani qayta shakllantirsangiz, bu katta sahna ortidagi mehnatning natijasidir", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Yakshanba, 2-noyabr kuni "Manchester Siti" va "Bornmut" jamoalari oʻrtasida Angliya chempionati doirasida "Etihad" stadionida uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Gvardiola Bornmutni maqtab oʻtdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar