date

Mbappe uchun eng esda qolgan gol

Mbappe uchun eng esda qolgan gol
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'zining "qirollik" klubidagi faoliyatida eng esda qolgan gol haqida gapirdi. "Men odatda so'nggi golni eslayman.

Ammo bu safar "Santyago Bernabeu" stadionida "Betis" darvozasiga kiritgan ilk golimni alohida ta'kidlamoqchiman. Bu gol "Real" safidagi faoliyatim uchun muhim boshlanish bo'lgan.

U paytlar juda yoqimli xotiralar qoldirgan", – dedi fransiyalik futbolchi Marca gazetasi orqali. 26 yoshli forvard "Real" safiga 2024 yilning yozida qo'shilgan bo'lib, shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsum La Ligada Mbappe 10 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe uchun eng esda qolgan gol