
Tottenhem o'z maydonida Chelsiga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi (0:1). Premyer-liganing o'ninchi turida bo'lib o'tgan bahsda yagona golni 34-daqiqada Joao Pedro kiritdi.
Ushbu o'yinda "shporlar" o'z imkoniyatlaridan unumli foydalana olmadi. Statistika shuni ko'rsatadiki, Tomas Frank boshchiligidagi jamoaning umumiy kutilgan gollari ko'rsatkichi (xG) atigi 0,05 ni tashkil etdi.
Bu esa 2012/13-yildan boshlab ma'lumotlar yig'ilgan davr mobaynida klubning eng past ko'rsatkichi hisoblanadi, deya xabar bermoqda Opta. Maydon egalari faqat uch marta darvoza tomon zarba bera olishdi, Chelsi esa 15 marta zarba yo'lladi.
Tottenhem jamoasi hozirda 17 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Chelsi ham xuddi shuncha ochkoga ega, ammo to'plar farqi yomonligi sababli ularga nisbatan bir pog'ona past turibdi.
Tottenhem Premyer-ligada antirekord o'rnatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar