
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler "Valensiya"ga qarshi o'yinda maydonni tark etishga majbur bo'ldi. 20 yoshli futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va Kilian Mbappening goliga assistentlik qildi.
Biroq, tanaffusdan so'ng u almashtirildi. Jurnalist Gilermo Rayning ma'lumotiga ko'ra, turkiyalik futbolchi tovon sohasida yengil jarohat olgan.
"Real" tanaffusga 3:0 hisobida oldinda kirib borganligi sababli, Xabi Alonso muhim futbolchisining salomatligini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qilib, uni almashtirdi. 4-noyabr, seshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida Angliyada "Liverpul"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Taxminlarga ko'ra, Gyuler ushbu uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, ammo tiklanish muddati bo'yicha aniq ma'lumot hozircha yo'q.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.