
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yulduzi Lamin Yamal o'zining qiz do'sti Niki Nikol bilan ajrashganini ma'lum qildi. "Biz ajrashdik, endi birga emasmiz.
Xiyonatmi? Yo'q, men unga xiyonat qilganim yo'q.
Munosabatlarimiz tugadi, hammasi shu," - deya 18 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Sport.es. Transfermarkt portali Yamalning narxini 200 million yevroga baholagan.
U "ko'k-anorranglilar" bilan 2031 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzolagan. Joriy mavsum La Liga doirasida Lamin oltita o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatma amalga oshirdi.
Keyingi La Liga uchrashuvida "Barselona" "Elche" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar