
"Yuventus" bosh murabbiy sifatida tayinlangan Luchano Spalettining ilk o‘yinida "Kremoneze"ni safarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Turin klubiga g‘alaba keltirgan gollarni Filip Kostic va Andrea Kambyaso 2 va 68-daqiqalarda kiritdi.
Mezbonlar safida esa 83-daqiqada Jeymi Vardi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Men ikkinchi bo‘limda bizning noto‘g‘ri yondashuvimiz bor edi, deb aytmasdim – bu ko‘proq noto‘g‘ri odatlarga bog‘liq.
Biz hech qanday aniq sabab bo‘lmasdan juda chuqur himoyaga chekinib ketdik. G‘alaba juda muhim edi.
Taktika masalasida esa murabbiy qaror qiladi – men har narsaga tayyorman", – dedi Dushan Vlahovich italiyalik jurnalistlarga. Eslatib o‘tamiz, Luchano Spaletti "Yuventus" bosh murabbiyi lavozimiga avvalroq iste’foga chiqarilgan Igor Tudor o‘rniga tayinlangan edi.
Vlahovich "Yuventus" muammosini tan oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar