
Angliyalik hujumchi Garri Keyn Myunxenning "Bavariya" klubidan Ispaniyaning "Barselona" jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli hujumchi Kataloniya klubining transfer ro‘yxatida joy olgan. Kelgusi yilning yozida Keynni Germaniya grand klubidan 65 million yevroga sotib olish mumkin.
"Barselona"da u 37 yoshli polshalik forvard Robert Levandovski o‘rnini egallashi ko‘zda tutilmoqda. Angliyalik futbolchi "Bavariya" bilan 2027 yilning iyun oyigacha shartnoma imzolagan.
Joriy mavsumda Keyn Bundesligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.