date

Enzo Mareska Joao Pedroning goliga izoh berdi

Enzo Mareska Joao Pedroning goliga izoh berdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Enzo Mareska hujumchi Joao Pedroning uzoq kutilgan goli haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi avvalgi sakkiz o‘yinda gol ura olmagan edi.

Biroq, shanba kuni bu noxush seriya yakunlandi: 24 yoshli hujumchi APL doirasida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda jamoasining yagona golini urdi. “Pedro hech qachon biz uchun muammo bo‘lmagan.

Uning yagona muammosi – sog‘lig‘i tufayli har kuni mashg‘ulot o‘tkaza olmasligi, har bir o‘yinga 100% tayyor bo‘lmasligi. Joao gol urishni davom ettiradi.

U “Liverpul”ga qarshi o‘yinda ham juda yaxshi edi. Endi esa Liam Delap qaytdi va hujumda imkoniyatlarimiz yanada oshdi”, – dedi Mareska matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Joao Pedro o‘tgan yozgi transfer oynasida “Braighton”dan “Chelsi”ga 60 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Enzo Mareska Joao Pedroning goliga izoh berdi