Grizmann La Ligada 200-golini urdi

Grizmann La Ligada 200-golini urdi

Grizmann La Ligada 200-golini urdi
Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning "Atletiko" jamoasi o'z maydonida "Sevilya"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvning so'nggi golini madridliklar veteran hujumchisi Antuan Grizmann kiritdi.

Fransuz futbolchisi 90-daqiqada gol urib, uchrashuvga nuqta qo'ydi. Mazkur gol Grizmann uchun La Ligadagi faoliyati davomida 200-gol bo'ldi.

U nafaqat "Atletiko" safida, balki ilgari "Real Sosedad" va "Barselona" jamoalari tarkibida ham gol urgan edi. Shuningdek, Grizmann La Liga tarixida 200 ta gol kiritgan bor-yo'g'i 11-o'yinchi bo'ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar