Rashford faqat Yamalga yutqazmoqda

Rashford faqat Yamalga yutqazmoqda

Rashford faqat Yamalga yutqazmoqda
“Barselona” vingeri Markus Rashford yana bir ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Yakshanba kuni “ko‘k-anorranglilar” o‘z uyida “Elche”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ingliz futbolchisi jamoasining so‘nggi golini kiritdi.

Rashford ushbu o‘yinda mavsum davomida ikkinchi marta eng yaxshi futbolchi deb topildi. The Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklardan bu mukofotni faqat Lamin Yamal ko‘proq, ya’ni 5 marta qo‘lga kiritgan.

Fermina Lopes ham ikki marta eng yaxshi deb topilgan, qolgan barcha o‘yinchilar esa bir martadan oshmagan. Chorshanba kuni “Barselona” Chempionlar ligasi doirasida safarda Belgiyaning “Bryugge” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Markus Rashford “Manchester Yunayted”dan ushbu mavsum oxirigacha ijaraga olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar