date

Messi JCh-2026da ishtirok etish istagini bildirdi

Messi JCh-2026da ishtirok etish istagini bildirdi
Argentinalik yulduz futbolchi Lionel Messi, hozirda MLSning "Inter Mayami" jamoasida toʻp surayotgan hujumchi, 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqida fikr bildirdi. "Mening Jahon chempionatida qatnashish istagim katta.

Biroq buning uchun men aʼlo jismoniy tayyorgarlikda boʻlishim va jamoaga yordam bera olishim kerak. Mendagi talab maksimal darajani ushlab turishdir", – deydi 38 yoshli hujumchi insayder Fabrisio Romano orqali.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkaziladi. Turnir yoz faslida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Argentina joriy Jahon chempioni hisoblanadi. Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa finalda Fransiyani penaltilar seriyasida magʻlub etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi JCh-2026da ishtirok etish istagini bildirdi