
"Real" Madrid yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Real"ning hozirgi bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyati haqida fikr bildirdi. "Men Xabi Alonsoning qoʻl ostida "Real" yanada kuchliroq boʻlishiga ishonaman.
Doʻstimga chin dildan hurmat bildiraman. Xabi chindan ham ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda.
"Real"ning mavsumni bunday ajoyib boshlaganini eslay olmayman: dastlabki 14 oʻyinning 13 tasida gʻalaba qozonish — bu hayratlanarli natija", — deydi Arbeloa Madrid Universal nashriga. Eslatib oʻtamiz, Alonso joriy yilning may oyida "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
La Liga turnir jadvalida "Real" 11 turdan soʻng 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin raqib bilan farq 5 ochkoni tashkil qiladi.
4-noyabr kuni Xabi Alonsoning shogirdlari Chempionlar ligasining toʻrtinchi turida safarda "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Arbeloa: "Real" mavsumni ajoyib boshladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar