Roma hujumchisi Dibala uch hafta o'yinlardan tashqarida

Rimning "Roma" jamoasi hujumchisi Paulo Dibala son mushaklaridagi jarohat tufayli maydonlardan uch haftaga chetlatildi. Futbolchi jarohatni yaqinda bo'lib o'tgan A Seriyaning 10-turida "Milan"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan.
Insayder Janluka Di Marzoning ma'lumotiga ko'ra, argentinalik hujumchi tiklanish jarayonini tibbiy nazorat ostida o'tkazadi. Joriy Italiya chempionati mavsumida 31 yoshli futbolchi sakkizta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan.
A Seriyaning o'n turidan so'ng "Roma" 21 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Rimliklar peshqadam "Napoli"dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Insayder Janluka Di Marzoning ma'lumotiga ko'ra, argentinalik hujumchi tiklanish jarayonini tibbiy nazorat ostida o'tkazadi. Joriy Italiya chempionati mavsumida 31 yoshli futbolchi sakkizta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan.
A Seriyaning o'n turidan so'ng "Roma" 21 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Rimliklar peshqadam "Napoli"dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…