date

Devid "Yuventus"dan ketmaydi

Devid "Yuventus"dan ketmaydi
Kanadalik hujumchi Jonatan Devidning "Yuventus"dagi kelajagi haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi. Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga koʻra, 25 yoshli futbolchi soʻnggi paytlardagi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga qaramay, Italiya grandidan ketishni rejalashtirmayapti.

Romano taʼkidlashicha, Devid toʻliq "Yuventus" safidagi oʻyinlarga eʼtibor qaratgan va boshqa klublar bilan hech qanday aloqa yoki muzokaralar oʻtkazmagan. Devid joriy yil yozgi transfer oynasida "Yuventus"ga qoʻshilgan.

U jamoa safida jami 12 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan va bir bor golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Devidning transfer qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid "Yuventus"dan ketmaydi