
Oʻtgan seshanba kuni Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan nufuzli Golden Boy mukofoti sohibi eʼlon qilindi. Ushbu mukofotni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilarga har yili Tuttosport gazetasi taqdim etadi.
2025-yilda bu mukofotga "PSJ" vingeri Dezire Due sazovor boʻldi. Dezire oʻtgan mavsumda jamoasi bilan barcha sovrinlarni, jumladan, Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi.
Turnir finalida "PSJ" "Inter"ni 5:0 hisobida magʻlub etdi, Due esa dubl muallifi boʻldi. Golden Boy mukofoti ilk bor 2003-yilda topshirilgan.
Soʻnggi besh yilda bu mukofotga Pedri, Gavi, Jud Bellingem, Lamin Yamal va endi Dezire Due loyiq koʻrilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar