
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola noyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlari uchun ajratilgan tanaffusdan foydalanib, dam olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Liverpulga qarshi o‘yindan so‘ng 10 kunlik ta'tilga chiqaman. Sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida xalqaro tanaffuslar bo‘ladi.
Keyin esa bu mamlakatda noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida juda tig‘iz davr boshlanadi. Hayratlanarli degan so‘z mos keladimi, bilmayman, lekin bu juda ham zo‘riqishli davr ekani aniq.
Men bu yerda 10 yildan beri ishlayman va bunday holatlarda bir necha marta bo‘lganman", – dedi Gvardiola jurnalistlarga. Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr, chorshanba kuni Manchester Siti Angliya chempionati doirasida Borussiya klubiga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazadi.
Gvardiola mavsum o'rtasida ta'tilga chiqadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing