
Barselona futbolchisi Rafinya Dias joriy mavsumda jamoasi bilan erishmoqchi bo'lgan maqsadlari haqida gapirdi. O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "koʻk-anorranglilar"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lib, jamoa Ispaniya ichidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqandi.
"Bu mavsumdagi asosiy maqsadim – jamoaga gʻalabalarga va muvaffaqiyatga erishishda yordam berishda davom etishdir. Gollar va assistlar orqali jamoaga foyda keltirmoqchiman, lekin eng muhimi barqarorlik va fidoyilikdir.
Har doim 'Barcha' uchun qoʻlimdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilaman, kapitanlardan biri sifatida o‘z mas’uliyatimni his qilaman", – dedi Rafinya GQ España nashriga bergan intervyusida. 28 yoshli vinger son jarohati sababli "Barselona"ning barcha musobaqalardagi oxirgi yetti oʻyinini oʻtkazib yuborgan.
Rafinya: Maqsadim - Barchaga yordam berish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing